Radius Academy
Xalqaro logistika akademiyasi

Xalqaro logistika kasbini noldan o'rganing

Darslarni 17 yillik tajribaga ega amaliyotchi logist yozgan. Qulay vaqtda o'qiysiz, savollaringizga Radius Logistics'ning amaldagi logistlari javob beradi.

Kursni tanlash Savol berish
17 yilmuallif tajribasi
2023akademiya ochilgan
Istalgan kuniboshlash mumkin
G'olib Rahmatov — darslar muallifi
G'olib Rahmatovasoschi, darslar muallifi
O'zbek tilida
Nima uchun logistika

Har bir yuk ortida uni rejalashtirgan logist turadi

O'zbekistonga yuk mashina, poyezd, kema va samolyotda keladi. Qaysi yo'l arzon, tez va xavfsiz ekanini logist hal qiladi.

Avtotransport

Xitoy, Turkiya va Yevropadan eshikdan-eshikgacha yetkazish.

Temir yo'l

Katta hajmdagi yuklar uchun arzon va barqaror yo'l.

Dengiz

Konteynerlar portlar orqali, keyin quruqlikda yetkaziladi.

Havo

Shoshilinch va qimmatbaho yuklar uchun eng tez yo'l.

Kurslar

Darajangizga mos kursni tanlang

Tajribangiz yo'q bo'lsa — Beginner. Logistikada ishlasangiz yoki import-eksport qilsangiz — PRO.

Boshlovchilar uchun

Online Beginner

Kasb bilan tanishish uchun
99 000 so'm Bu narx 2026-yil oxirigacha amal qiladi
12 ta video dars ~3 soat Kirish 2 oy
  • Logistika nima, uning turlari, ekspeditor kim
  • Yuk mashinalari, temir yo'l, havo va dengiz transporti
  • Multimodal va intermodal tashish farqi
  • Asosiy hujjatlar va bojxona jarayonlari
  • O'zbekistonga yuklar qaysi koridorlar orqali keladi
Beginner'ga yozilish
Eng to'liq kurs

Online PRO

Kasbni chuqur o'rganish uchun
790 000 so'm To'liq to'lov, kartaga o'tkazma
43 ta video dars Kirish 6 oy
  • Barcha transport turlari, transport va marshrut tanlash
  • Transport koridorlari: narx, muddat va xavfsizlik tahlili
  • CMR, TIR, Bill of Lading, Air Waybill, Invoice, Incoterms 2020
  • Bojxona: import, eksport, HS Code, deklaratsiya, broker
  • Tarif va marshrut hisoblash real misollarda
  • CV tayyorlash va ish suhbatiga tayyorlanish
PRO'ga yozilish
O'qish formati

4 qadamda o'qishni boshlaysiz

1

Kursni tanlang

Instagram yoki Telegram'da yozing — tajribangizga qarab mos kursni aytamiz.

2

To'lov va kirish

Kartaga to'lov qilasiz, chekni yuborasiz — administrator platformaga kirish beradi.

3

Video darslar

Darslar oldindan yozilgan. Ularni ketma-ket, o'zingizga qulay vaqtda ko'rasiz.

4

Instruktorlar yordami

Yopiq Telegram guruhda Radius Logistics logistlari savollaringizga javob beradi.

Kursni tugatganingizdan keyin Radius Academy sertifikati beriladi.

G'olib Rahmatov
Asoschi va darslar muallifi

G'olib Rahmatov

2009-yildan beri logistikada: dispetcher, logist, xalqaro kompaniyaning logistika bo'limida koordinator. Bugun Radius Logistics kompaniyasi asoschisi.

Radius Academy'ni 2023-yilda ochgan — O'zbekistonda multimodal logistikani o'rgatuvchi birinchi akademiya. Barcha darslarni o'zi yozgan — har kuni ishda uchraydigan vaziyatlar asosida.

Biz orzu sotmaymiz — kasbni o'rgatamiz.

Ochiq gapiramiz

To'lovdan oldin bilib qo'ying

Ish kafolati yo'q. Kurs bilim beradi, ish topish sizning harakatingizga bog'liq.

Stajirovka yo'q. Kurslar video darslar va instruktorlar guruhidan iborat.

To'lov qaytarilmaydi. Shuning uchun avval mos kursni birga aniqlaymiz.

Faqat o'zbek tilida va online. Offline guruhlar hozircha ochilmaydi.

Dispetcherlik yo'q. Biz xalqaro logistikani o'rgatamiz.

Savollar

Ko'p beriladigan savollar

Darslar Zoom'dami?

Yo'q. Darslar oldindan yozilgan va platformada joylashgan, istalgan vaqtda ko'rasiz.

Qachon boshlasam bo'ladi?

Istalgan kuni. To'lovdan keyin administrator ish vaqtida (dushanba–juma, 9:00–18:00) kirish beradi.

Qaysi kursni tanlay?

Logistikada tajribangiz bo'lmasa — Beginner. Ishlasangiz yoki import-eksport qilsangiz — PRO.

Bo'lib to'lash bormi?

Yo'q, to'lov faqat to'liq, kartaga o'tkazma orqali.

Sertifikat beriladimi?

Ha. U kursni tugatganingizni tasdiqlaydi, lekin ish kafolati emas.

Savollarimga kim javob beradi?

Yopiq Telegram guruhdagi instruktorlar — Radius Logistics'da hozir ishlayotgan logistlar.

Qaysi kurs sizga mos — birga aniqlaymiz

Yozing, tajribangiz va maqsadingizga qarab kursni tavsiya qilamiz.

Instagram'da yozish Telegram